Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!

Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!

Muallif: Ibrokhim Sana: 15 okt. 2025 Toifa: News
Toshkentda **Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)**ning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston, Turkiy davlatlar tashkiloti va Turkiy akademiya vakillari, shuningdek, 70 ga yaqin universitetdan 200 dan ortiq rektor va olimlar ishtirok etmoqda. Assambleya doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi (https://gov.uz/oz/edu/news/view/93309).

Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.

Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.

Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. translate to english and russian

Ko‘proq Yangiliklar

Congratulatory Message from the Secretary General of the Organization of Turkic States on the Independence Day of the Republic of Uzbekistan
Congratulatory Message from the Secretary General of the Organization of Turkic States on the Independence Day of the Republic of Uzbekistan

The Secretary General of the Organization of Turkic States (OTS), Ambassador Kubanychbek Omuraliev, extended heartfelt congratulations to the Government and people of Uzbekistan on their Independence Day. He praised Uzbekistan’s steady progress under President Shavkat Mirziyoyev’s leadership, highlighting its achievements in economic reform

News noy 04, 2025
Gabala Declaration of the 12th Summit of the Organization of Turkic States
Gabala Declaration of the 12th Summit of the Organization of Turkic States

The Gabala Declaration adopted by the Heads of State at the 12th Summit of the Organization of Turkic States held on 7 October 2025 is avaliable at the below link:

News noy 04, 2025
Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tadi
Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tadi

Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tishini e'lon qilishdan mamnunmiz.

News noy 04, 2025
Sadi Jafarov uchun xayrlashuv marosimi o‘tkazildi
Sadi Jafarov uchun xayrlashuv marosimi o‘tkazildi

Sadi Jafarov Turkik Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibining o‘rinbosari lavozimini tugatdi. 2025 yil 23 oktyabrda Istanbulda TDT Bosh qarorgohida xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Bosh kotib, elchi Kubanychbek Omuraliev, Jafarovning professionalizmi va Turkik davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

News noy 04, 2025

FORM

Kelajagingiz sari navbatdagi qadamni tashlashga tayyormisiz?

Ariza shakli